
Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ikki holatda jami 6100 dona «Regapen» dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar bermoqda DXX.
O‘tkazilgan tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni tekshirildi. U kelgusida sotish maqsadida 3580 dona «Regapen» dori vositasini saqlab kelgani aniqlandi. Yana bir holat «Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida aniqlandi. Qo‘qon shahrida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobili to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv vaqtida avtomobil saloniga 2520 dona «Regapen» dori vositasi yashirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Har ikki holatda dori vositalari belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» nashri Navbahorda ishga kiritish uchun 10 mln so‘m olganlar ushlangani haqida yozgan edi.