Gadjetlar

Vivo X500 Ultra 10 karra zoom kameradan voz kechgani aytilmoqda

Vivo X500 Ultra 10 karra zoom kameradan voz kechgani aytilmoqda
Foto: Gizchina

Vivo kompaniyasi Vivo X500 Ultra smartfoni uchun 10 karra optik yaqinlashtirish kamerasini sinovdan o‘tkazgan. Biroq yangi sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bu rejadan voz kechgan bo‘lishi mumkin.

Gimochina ma’lumotiga ko‘ra, 2027-yilda 10 karra super telefoto kamera va ikki periskopli tizimga ega yagona kuchli Android flagman OPPO Find X10 Ultra bo‘lishi kutilmoqda. Uning aytishicha, raqobatchi brend shunga o‘xshash 10x telefoto yechimni sinagan, ammo prototip bekor qilingan.

Manbalar bu brend Vivo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Chunki bir necha kun avval Vivo X500 Ultra uchun 10 karra telefoto kamera sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, Vivo X500 Ultra maxsus 10x optik kamera o‘rniga avvalgi formula asosida chiqadi. Ya’ni smartfon 200 MP periskop kamera va In-Sensor Zoom texnologiyasiga tayanadi.

Vivo X300 Ultra’da ham 200 MP periskop telefoto kamera ishlatilgan. U taxminan 3,7 karra optik yaqinlashtirish imkonini bergan. Undan keyin In-Sensor Zoom texnologiyasi orqali masofaviy yaqinlashtirish kuchaytirilgan.

Bu tizim yaxshi natija bergan bo‘lsa-da, 3,7x va 10x optik zoom o‘rtasida katta farq bor. Aynan shu bo‘shliq OPPO uchun ustunlik yaratishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo V70 Lite smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.