
Filippinning Mindanao oroli yaqinida 8,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Yer silkinishi epitsentri General Santos shahridan taxminan 58 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, o‘choq 57 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.
Kuchli zilziladan so‘ng mintaqada sunami xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, General Santos xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohat olgan. Yer silkinishi natijasida General Santos shahridagi ayrim binolarga zarar yetgan va qisman qulash holatlari qayd etilgan. Hozirda qutqaruv xizmatlari voqea joylarida ishlamoqda.
Filippin prezidenti Ferdinand Marcos qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi aholini ehtiyot chorasi sifatida balandroq joylarga ko‘chishga chaqirdi hamda barcha mas’ul idoralarga favqulodda choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda sezilgani haqida yozgandi.