Gadjetlar

iQOO 10 000 mA/soat batareyali smartfon tayyorlamoqda

Qurilma yuqori unumdorlikka ega model bo‘ladi
iQOO 10 000 mA/soat batareyali smartfon tayyorlamoqda
Rasm: Grok SI

iQOO kompaniyasi 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega yangi smartfonni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda IT Home xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, qurilma yuqori unumdorlikka ega model bo‘ladi. iQOO avval ham katta batareyali smartfonlar ustida ishlagan. Masalan, iQOO Z11 modeli 9020 mA/soat, iQOO Neo11 7500 mA/soat, iQOO 15T esa 8000 mA/soat batareyaga ega.

Yangi model tashqi akkumulyator darajasidagi quvvat zaxirasiga ega bo‘lishi mumkin.

Bozorda bunday yo‘nalishdagi raqobat kuchaymoqda. Honor Win va Power2 modellari ham 10 000 mA/soat batareya bilan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus 16 va iQOO 16 sentabrda taqdim etilishi mumkinligi xabar qilingandi. Gizmochina nashrining yozishicha, ayrim Xitoy brendlari yangi flagman smartfonlarini oktabr yoki noyabrni kutmasdan sentabrda chiqarishni rejalashtirmoqda.