Yangiliklar

JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi

Har yili dunyoda 860 mln nafardan ortiq odamlar sifatsiz yoki noto‘g‘ri qayta ishlangan mahsulotlar sabab kasallanadi
JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi
Foto: Kursiv Media

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Tashkilotga ko‘ra, har yili dunyoda 860 mln nafardan ortiq odamlar sifatsiz yoki noto‘g‘ri qayta ishlangan mahsulotlar sabab kasallanadi. Bunday oziq-ovqatlar oqibatida yiliga 1,5 mln kishi vafot etadi.

Bu haqda JSST 7-iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni arafasida e’lon qilgan yangi hisobotida bildirdi. Hisobotda ifloslangan yoki sanitariya talablariga rioya qilinmagan holda tayyorlangan mahsulotlar aholi salomatligi uchun katta xavf tug‘dirishi qayd etilgan.

Bu masala nafaqat inson salomatligi, balki mamlakatlar iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2021-yilda sifatsiz mahsulotlar sabab kelib chiqqan kasalliklar jahon iqtisodiyotiga qariyb $310 mlrd zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kongodagi Ebola xavfi hali pasaymagani haqida yozgan edi.