Sport

O‘zbekiston Niderlandiyaga qarshi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto

Niderlandiyaga qarshi bahs esa O‘zbekiston uchun Jahon chempionati oldidan so‘nggi sinov bo‘ladi
O‘zbekiston Niderlandiyagaa qarshi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazmoqda. Shulardan biri 8-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv AQShning Nyu-York shahridagi Icahn stadionida tashkil etiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA

Avvalroq terma jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi. Niderlandiyaga qarshi bahs esa O‘zbekiston uchun Jahon chempionati oldidan so‘nggi sinov bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi. Jamoa guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan o‘ynaydi.

Avvalroq O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga mag‘lub bo‘lgani haqida yozgan edi.