Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 FE smartfoni sinovdan o‘tkazildi

Samsung Galaxy S26 FE smartfoni sinovdan o‘tkazildi
Foto: Samsung

Samsung Galaxy S26 FE smartfoni rasmiy taqdimotdan oldin yana internetda ko‘rinish berdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Tarmoqda qurilmaning shaffof g‘ilof bilan tushirilgan suratlari paydo bo‘ldi. Rasmlar model dizayni Galaxy S26 uslubida bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 FE taniqli kamera blokiga ega bo‘ladi. Bu dizayn Samsung‘ning yangi S26 liniyasi konsepsiyasiga mos keladi.

Avvalroq smartfon Geekbench bazasida ham ko‘ringan edi. U yerda qurilma Exynos 2 500 protsessori bilan sinovdan o‘tkazilgan. Sinovda Galaxy S26 FE 8 GB tezkor xotira bilan qayd etilgan. Smartfon bir yadroli rejimda 2426 ball to‘plagan.

Foto: Gizmochina

Ko‘p yadroli rejimdagi natija esa 8 004 ballni tashkil qilgan. Yangi sertifikatlash jarayoni avvalgi ma’lumotlarni qisman tasdiqladi. Bu smartfon taqdimoti yaqinlashayotganidan darak beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung qurilma tannarxini pasaytirish choralarini ko‘rib chiqmoqda. Bunga xotira komponentlari narxi oshgani sabab bo‘lishi mumkin. Shu maqsadda kompaniya qimmatroq ekranlar o‘rniga CSOT ishlab chiqargan displeylardan foydalanishi mumkin.

Biroq manbalar Galaxy S26 FE avvalgi modeldan qimmatroq bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilmayapti. Smartfonning rasmiy taqdimoti yaqin oylarda bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 Edge narxi keskin tushib ketgani haqida yozgan edi.