Gadjetlar

Vivo X Fold 6 tez orada taqdim etiladi

Smartfonning ilk jonli suratlari internetda paydo bo‘ldi
Vivo X Fold 6 iyunda taqdim etiladi
Foto: Digital Chat Station

Vivo kompaniyasi yangi buklanuvchi flagmani X Fold 6 modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Smartfonning ilk jonli suratlari internetda paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma taxminan 7000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Bu buklanuvchi smartfonlar orasida eng katta batareyalardan biri hisoblanadi.

Shunga qaramay, Vivo qurilmaning korpusini nisbatan yupqa va yengil saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Kamera tizimi ham flagman darajasida bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 200 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli periskop telekamera va 50 megapikselli ultra keng burchakli kamera bilan jihozlanadi.

Qurilmada barmoq izi skaneri yon tomonga joylashtiriladi. Sinovdan o‘tkazilgan variantlar orasida oq rangli model ham borligi aytilmoqda. Vivo X Fold 6 taqdimoti iyun oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vivo X500 Ultra 10 karra zoom kameradan voz kechgani aytilmoqda. Gimochina ma’lumotiga ko‘ra, 2027-yilda 10 karra super telefoto kamera va ikki periskopli tizimga ega yagona kuchli Android flagman OPPO Find X10 Ultra bo‘lishi kutilmoqda. Uning aytishicha, raqobatchi brend shunga o‘xshash 10x telefoto yechimni sinagan, ammo prototip bekor qilingan.