
10-iyun kuni respublika hududlarida havo asosan quruq va biroz bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 30–39 darajagacha isiydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +33…+35° | +21…+23° | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +30…+35° | +15…+20° | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +32…+37° | +18…+23° | Kutilmaydi |
| Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari | +32…+37° | +18…+23° | Kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +34…+39° | +19…+24° | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +30…+35° | +17…+22° | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | +22…+27° | +12…+17° | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, ayrim joylarda sel-suv toshqini xavfi |