Yangiliklar

Banklar 629 trillion so‘m kredit ajratdi, eng katta ulush Toshkentda

Mamlakatdagi jami kreditlarning qariyb 46 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonda 438 mingdan ortiq kishi o‘ziga kreditni taqiqladi
Banklar 629 trillion so‘m kredit ajratdi, eng katta ulush Toshkentda / Foto: Facebook

2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari 629 trln so‘mni, depozitlar hajmi esa 444,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Hududlar kesimida kreditlash bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxt hissasiga 290 trln so‘m yoki mamlakatdagi jami kreditlarning qariyb 46 foizi to‘g‘ri keladi. Depozitlar hajmi bo‘yicha ham Toshkent birinchi o‘rinda bo‘lib, ushbu hududda 341,1 trln so‘mlik depozitlar jamlangan.

Toshkent shahridan keyin eng katta kredit portfellari Farg‘ona viloyatida – 36,4 trln so‘m. Samarqand viloyatida esa ko‘rsatkich 32,3 trln so‘m, Toshkent viloyatida 29,7 trln so‘m hamda Qashqadaryo viloyatida 29,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar ulushi umumiy kredit portfelining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi. Bu esa ushbu hududlarda iste’mol va chakana kreditlash segmenti faol rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Aholi omonatlari hajmi bo‘yicha Toshkent shahri 96 trln so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni Xorazm viloyati 10,4 trln so‘m, Buxoro viloyati 9,9 trln so‘m va Samarqand viloyati 8,3 trln so‘m bilan egallagan.

Yuridik shaxslar depozitlari ham, asosan, iqtisodiy markazlarda to‘plangan. Xususan, Toshkent shahrida korporativ depozitlar hajmi 245,1 trln so‘mga yetib, mamlakatdagi yuridik shaxslar omonatlarining asosiy qismini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p uy-joy xaridi uchun kredit olayotgani haqida xabar bergan edik.