Yangiliklar

Farg‘onada arzon uy-joylar, sudlarda komplayens xizmati — 9-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar

Kursiv Uzbekistan dayjesti
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
Foto: IQAir

Farg‘onada arzon uy-joylar, sudlarda komplayens xizmati — 9-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

O‘zbekiston Niderlandiyaga dramatik bahsda imkoniyatni boy berdi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga 1:2 hisobida yutqazdiFabio Kannavaro shogirdlari 90+2-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo yakunda durangni saqlab qola olmadi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan Niderlandiya terma jamoasi faolroq o‘ynadi. Mezbonlar to‘p nazoratida ustunlik qildi va O‘tkir Yusupov darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyat yaratdi.

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi obyektlarda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu prezidentning tegishli farmonida belgilandi.

Parallel qurilish deganda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda olib borish tushuniladi. Yangi tartibga ko‘ra, bunday amaliyot o‘rniga bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Raqobat qo‘mitasi JCh-2026 oldidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi JCh 2026 oldidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Foto: iStock

Raqobat qo‘mitasi JCh 2026 oldidan bukmekorlik xizmatlarini reklama qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram’dagi guruh va kanallarda bunday reklama materiallari ko‘paymoqda. Ularda sport natijalariga pul tikish, qisqa muddatda daromad topish yoki yirik yutuq va’da qilinmoqda.

Dollar oshdi: 9-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Сколько стоит разменять доллар в Узбекистане сегодня, 23 мая
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

10-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 21,82 so‘mga tushib, 12 035,22 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 84,09 so‘mga oshib, 13 915,12 so‘mni, rubl esa 4,08 so‘mga tushib, 167,95 so‘mni tashkil etdi.

Malayziya kompaniyasi Farg‘onada arzon uy-joylar quradi

Malayziya kompaniyasi Farg‘onada arzon uy-joylar quradi
Foto: «Dunyo» AA

Kuala-Lumpurda O‘zbekiston va Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Orientex Synergy kompaniyasi bilan Farg‘onada arzon uy-joylar qurish bo‘yicha memorandum imzolandi, deya xabar berdi «Dunyo».

Tadbirda 150 dan ortiq ishbilarmonlar, Malayziyaning 120 dan ziyod kompaniyalari va tarmoq assotsiatsiyalari vakillari qatnashdi. Forumda Farg‘onaning Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishdagi qulay hudud ekani ta’kidlandi.

Xavf yuqori lavozimlar, mol-mulk deklaratsiyasi va yangi xizmat kiyimi — sudlarda komplayens xizmati ishga tushadi

2026–2027-yillarda «E-KSUD» axborot tizimi joriy etiladi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish, ishga qabul qilish jarayonlarini shaffof qilish va sudlarga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Prezident farmoni bilan sudlarda komplayens nazorat xizmati tashkil etilishi belgilandi.

Farmonga ko‘ra, ushbu xizmat korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qilish va qonunbuzilishlarning oldini olish bilan shug‘ullanadi. Komplayens nazorat xizmati Oliy sud apparatida 3 shtat birligidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, hududiy sudlarda 15 ta komplayens inspektori lavozimi joriy qilinadi.

Chevrolet Express 2027 qanday avtomobil

Chevrolet Express 2027 qanday avtomobil
Foto: GM Authority

Chevrolet Express 2027-yilgi model qatoriga jiddiy o‘zgarishlarsiz kiradi. GM Authority’ga ko‘ra, kompaniya ushbu to‘liq o‘lchamli furgonni 2026-yilgi modelga juda o‘xshash ko‘rinishda saqlab qoladi.

Chevrolet Express Cargo Van, Passenger Van va Cutaway versiyalarida taklif etiladi. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan variantlar LS va LT komplektatsiyalarida bo‘ladi.

Qozog‘iston 60 mlrd dollarlik obligatsiya bozorini ochmoqda

Qozog‘iston qariyb 60 milliard dollarlik davlat qarz bozorini investorlar uchun ochadi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Qozog‘iston xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida $60 mlrdga yaqin baholanayotgan davlat obligatsiyalari bozorini investorlar uchun ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2027-yildan boshlab mamlakatning davlat obligatsiyalari dunyodagi eng yirik xalqaro depozitariylardan biri bo‘lgan Euroclear tizimi orqali savdo qilinishi mumkin bo‘ladi. Mazkur platforma har yili 1,7 trln yevrodan ortiq hajmdagi tranzaksiyalarni qayta ishlaydi.

Eron va Isroil o‘t ochishni to‘xtatdi, biroq keskinlik saqlanib qolmoqda

Eron va Isroil o‘t ochishni to‘xtatdi, biroq keskinlik saqlanib qolmoqda
Foto: Reuters

AQSh vositachiligidagi diplomatik sa’y-harakatlar fonida Eron va Isroil o‘zaro hujumlarni vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Eron va Isroil 8-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Trampning murojaatidan so‘ng bir-biriga qarshi hujumlarni to‘xtatganini ma’lum qildi. Biroq Tehron Isroil Livandagi Hizbulloh nishonlariga zarbalarni davom ettirsa, harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Germaniyada o‘zbek talabalariga oid bir asrlik hujjat topildi

Germaniyada o‘zbek talabalariga oid bir asrlik hujjat topildi
Foto: O‘zA

Germaniya arxivlarida olib borilgan tadqiqotlar davomida bir asr avval Germaniyada tahsil olgan o‘zbek yoshlariga oid yangi tarixiy hujjatlar aniqlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Yevropa bo‘ylab ilmiy safarida Berlindagi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi arxiviga tashrif buyurdi. Akademik arxiv fondlarida o‘zbek xalqi va davlatchiligi, shuningdek, Turon-Turkiston tarixiga oid hujjatlar mavjudligi bilan qiziqdi.