Yangiliklar

Farg‘onada sotuvchi 198 million so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborgani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Tadbirkorning 2 milliard so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirilganlar qo‘lga olindi
Farg‘onada sotuvchi 198 million so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborgani aniqlandi / Foto: Kuer

Farg‘ona shahrida sotuvchi 198 mln so‘mlik tadbirkorlik subyekti mulkini sotib yuborgani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida savdo do‘konida ishlagan sotuvchi do‘kondagi turli alkogol mahsulotlarini boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvchi umumiy qiymati 198,2 mln so‘m bo‘lgan mahsulotlarni sotgan va tushgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat oqibatida tadbirkorlik subyektiga sezilarli miqdorda moddiy zarar yetkazilgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq beshta viloyatda 951 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan edi.