Gadjetlar

Samsung Galaxy Ultra modellari One UI 8.5’ning ayrim funksiyalarini olmaydi

Imkoniyatlar faqat Galaxy S26 Ultra modelida ishlaydi
Samsung Galaxy Ultra modellari One UI 8.5’ning ayrim funksiyalarini olmaydi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasining ayrim Samsung Galaxy Ultra modellari One UI 8.5’ning ayrim funksiyalarini olmaydi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Galaxy S23 Ultra, Galaxy S24 Ultra va Galaxy S25 Ultra smartfonlari One UI 8.5 yangilanishidagi ayrim muhim funksiyalardan mosuvo bo‘ladi. Bu imkoniyatlar faqat Galaxy S26 Ultra modelida ishlaydi.

Gap, xususan, 24 megapikselli suratga olish rejimi va Horizontal Lock funksiyasi haqida ketmoqda. SamMobile ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu imkoniyatlar Galaxy S26 Ultra’da yangilanishdan so‘ng darhol mavjud bo‘ladi.

Biroq Galaxy S23 Ultra, Galaxy S24 Ultra va Galaxy S25 Ultra egalari bu funksiyalarni faollashtira olmaydi. Ular kamera sozlamalari yoki Samsung‘ning Camera Assistant ilovasi orqali ham yoqilmaydi. Horizontal Lock funksiyasi ham xuddi shunday faqat Galaxy S26 Ultra’da ishlaydi. Avvalgi Ultra modellarda esa bu imkoniyat mavjud emas.

Manbaga ko‘ra, cheklovlar faqat kamera bilan bog‘liq emas. One UI 8.5’dagi ayrim boshqa yangiliklar ham faqat yangi Galaxy S26 liniyasiga tegishli bo‘ladi.

Shu bilan birga, Galaxy S23 Ultra, Galaxy S24 Ultra va Galaxy S25 Ultra foydalanuvchilari One UI 8.5 yangilanishini oladi. Ular yangilangan interfeys va asosiy yaxshilanishlardan foydalanishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S25 Edge narxi keskin tushib ketgani haqida yozgan edi.