Yangiliklar

11-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha isiydi

11-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi
11-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha isiydi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

11-iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat qismida havo quruq va iliq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat 30-39 daraja, kechasi esa 15-24 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri+33…+35°+20…+22°Kutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati+30…+35°+15…+20°Kutilmaydi
Buxoro va Navoiy viloyatlari+32…+37°+18…+23°Kutilmaydi
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari+32…+37°+18…+23°Kutilmaydi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari+34…+39°+19…+24°Kutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari+30…+35°+17…+22°Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq
Tog‘oldi va tog‘li hududlar+22…+27°+12…+17°Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqini xavfi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilingan edi.