Avto

Aito ishlab chiqaruvchisi yangi brend chiqardi

Aito ishlab chiqaruvchisi yangi brend chiqardi
Foto: Autohome

Aito ishlab chiqaruvchisi Seres Huawei’ga qaramlikni kamaytirish uchun yangi brend chiqardi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi Aiva brendi 9-iyun kuni Origin Concept konsept avtomobili bilan birga namoyish etildi. Aiva nomi «Artificial Intelligence Voyage Ahead» iborasining qisqartmasi bo‘lib, brend sun’iy intellektga asoslangan avtomobil tajribasiga urg‘u beradi.

Aiva’ning ilk seriyali modeli ME7 bo‘ladi. Ushbu avtomobil 2026-yil oxirigacha bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Brendning barcha modellari 200 ming yuandan yuqori, ya’ni taxminan $27,6 mingdan boshlanadigan ommaviy bozor segmentiga mo‘ljallanadi.

Seres yangi brend uchun Huawei’ga emas, ByteDance kompaniyasiga qarashli Volcano Engine bilan hamkorlik qiladi. Tomonlar avtomobillarga Doubao yirik til modelini integratsiyalashni rejalashtirgan.

Foto: Autohome

Avtonom boshqaruv bo‘yicha ham Aiva Huawei’ning Qiankun ADS tizimidan foydalanmaydi. Kompaniya bu yo‘nalishda DeepRoute.ai bilan hamkorlik qiladi. ByteDance esa avtomobil ishlab chiqarish yoki o‘z avtomobil brendini yaratish rejasi yo‘qligini bildirgan.

Istiqbolli rejalar

Namoyish etilgan Aiva Origin Concept kupe-SUV uslubida ishlangan. Avtomobil dinamik dizayn, kapotdagi havo kanallari, yirik kuzov chiziqlari, tomga o‘rnatilgan LiDAR sensori va avtonom boshqaruv indikatorlari bilan ajralib turadi. Orqa qismida keng kuzov, qiya tom chizig‘i, yirik bamper va spoyler ko‘zga tashlanadi.

Foto: Autohome

Aiva brendi Chongqing Saidou Technology kompaniyasi orqali boshqariladi. 2025-yil may oyida ushbu kompaniyada korporativ qayta tuzilma amalga oshirilgan. Hozirda uning eng yirik aksiyadori 34,5 foiz ulush bilan Chongqing mahalliy davlat korxonasi Shayci Zhiyuan hisoblanadi. Seres 32,96 foiz ulush bilan ikkinchi yirik aksiyador, CATL’ning Wending Investment kompaniyasi esa 9,89 foiz ulushga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas 3 avtomobilini qanday xarid qilish mumkinligi haqida yozgan edi.