Gadjetlar

Honor shaxsiy ma’lumotlarni yashiradigan «virtual ruxsatlar» funksiyasini ishga tushirdi

Yangi imkoniyat MagicOS 10.0.0.160 versiyasida
Foto: Honor/huaweicentral

Honor kompaniyasi MagicOS tizimi uchun yangi «virtual ruxsatlar» funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Huaweicentral xabar berdi.

Ushbu funksiya foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilishga qaratilgan. Endi ayrim ilovalar xabarlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va kalendar kabi shaxsiy ma’lumotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kira olmaydi.

Agar ilova bunday ma’lumotlarni o‘qishga urinsa, tizim unga haqiqiy ma’lumot o‘rniga bo‘sh ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Shu orqali foydalanuvchining shaxsiy axboroti himoyalanadi.

Funksiyani yoqish uchun Honor smartfonlarida «Sozlamalar» bo‘limiga kirib, «Maxfiylik va xavfsizlik» menyusidan «Virtual ruxsatlar»ni tanlash kerak bo‘ladi. U yerda har bir ilova uchun alohida cheklov qo‘yish mumkin.

Yangi imkoniyat MagicOS 10.0.0.160 versiyasida tarqatila boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic V6 smartfoniga bepul televizor qo‘shib berilayotgani xabar qilingandi. Qurilma dastlab Malayziyada oldindan buyurtma uchun ochildi. Buyurtmalar 11-iyungacha qabul qilinadi. Honor Magic V6 MWC 2026 ko‘rgazmasida dunyodagi eng yupqa buklama smartfonlardan biri sifatida namoyish etilgan edi.