Sport

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSh vizasini ololmagan — BBC

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSh vizasini ololmagan — BBC
Foto: NDTV

JCh – 2026 o‘yinlarini stadiondan tomosha qilishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSh vizasini ololmagan. BBC tahliliga ko‘ra, turnirda qatnashadigan mamlakatlarning chorak qismidan ko‘prog‘i AQShga kirish bo‘yicha cheklovlar yoki yuqori rad javobi ko‘rsatkichlariga duch kelmoqda.

Vaziyat Donald Tramp ma’muriyatining qat’iy immigratsiya siyosati fonida yanada murakkablashgan. Ayrim davlatlar fuqarolariga nisbatan joriy etilgan sayohat cheklovlari JCh ishtirokchilari orasidagi muxlislarga ham ta’sir qilmoqda. Xususan, Gaiti, Eron, Senegal va Kot-d’Ivuar kabi mamlakatlar fuqarolari uchun AQSh vizasini olish imkoniyati keskin cheklangan.

Manba: BBC

AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, JCh – 2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 11 ta davlat fuqarolari uchun viza rad etilish darajasi 40 foizdan yuqori. O‘zbekiston ham viza so‘rovlari eng ko‘p rad qilinadigan mamlakatlar qatorida qayd etilgan. Ma’lumotlarda O‘zbekiston, Ekvador, Misr, Jazoir, Iordaniya va qator Afrika davlatlari fuqarolari AQSh vizasini olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytiladi.

Xalqaro futbol federatsiyasi muxlislar uchun elchixonalardagi jarayonni yengillashtirish maqsadida FIFA Pass tizimini joriy qilgan. Ushbu tizim chipta egalariga viza suhbatiga tezroq kirishga yordam berishi mumkin. Biroq ekspertlar bu viza tasdiqlanishini kafolatlamasligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin Masharipovning holati yuzasidan rasmiy bayonot berilgani haqida yozgan edi.