Avto

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi. Autostrada nashrining yozishicha, DYHXXda to‘liq rasmiylashtirish 6 mln 31 ming 680 so‘mni tashkil etmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yarim yil ichida avtomobil raqamlarini berish boji ikki barobarga yaqin oshgan.

Avval avtomobil raqamlari uchun 3,5 BHM, ya’ni 1 mln 442 ming so‘m to‘langan bo‘lsa, hozir yangi raqamlarni berish narxi 7 BHMga tenglashgan. Amaldagi BHM 412 ming so‘m bo‘lgani sababli, yangi raqamlar uchun to‘lov 2 mln 884 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Yangi benzinli avtomobilni avtosalondan olingan hisob-ma’lumotnoma asosida DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazishda asosiy xarajat transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan 2 mln 818 ming 80 so‘m to‘lov hisoblanadi. Bundan tashqari, texnik pasport berish 288 ming 400 so‘m, yangi raqamlarni berish 2 mln 884 ming so‘m, hujjatlar to‘plami esa 41 ming 200 so‘mni tashkil etadi.

Elektr yoki gibrid avtomobillar uchun rasmiylashtirish xarajati nisbatan pastroq. Bunday transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 618 ming so‘m to‘lanadi. Texnik pasport, yangi raqamlar va hujjatlar to‘plami bilan birga elektr transport vositasini DYHXXda rasmiylashtirish jami 3 mln 831 ming 600 so‘mga tushadi.

Foto: Autostrada

Narxlar jadvali

Xizmat turiMiqdori
Benzinli transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish2 818 080 so‘m
Elektr yoki gibrid transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish618 000 so‘m
Texnik pasport berish288 400 so‘m
Yangi davlat raqamini berish2 884 000 so‘m
Hujjatlar to‘plami41 200 so‘m

Jami to‘lov

Avtomobil turiJami summa
Yangi benzinli avtomobil6 031 680 so‘m
Yangi elektr yoki gibrid avtomobil3 831 600 so‘m
Foto: Chevrolet

Ishlatilgan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlari

Xizmat turiMiqdori
GAI xarajatlari jami6 031 680 so‘m
Notarial to‘lov (3 BHM)1 236 000 so‘m
Shtamp boji41 200 so‘m
Taqiqlash cheki61 800 so‘m
Konsultatsiya20 600 so‘m
Shartnoma loyihasini tayyorlash41 200 so‘m
Notariusdagi umumiy xarajatlar1 400 800 so‘m
B/u benzinli avtomobilni rasmiylashtirish jami7 432 480 so‘m

Shuningdek, majburiy avtosug‘urta — OSAGO narxi ham qimmatlagan. Yanvardan boshlab tariflar qariyb to‘rt barobar oshdi. Bunga polis bo‘yicha sug‘urta summasi 40 mln so‘mdan 80 mln so‘mga ko‘tarilgani sabab bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilida 100 ming kilometrdan keyin ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.