

AQSh Eronni ketma-ket ikkinchi kecha bombardimon qildi
AQSH harbiylari Erondagi bir nechta nishonlarga ikkinchi oqshom ketma-ket zarba berdi. Amerika rasmiylariga ko‘ra, harbiy amaliyotdan maqsad Tehronni kelishuv imzolashga majbur qilishdir, deya xabar bermoqda Axios.

Jahon chempionatiga borayotgan oʻzbekistonliklarga tavsiyalar berildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga muhim tavsiyalar berdi.

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi
O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi. Autostrada nashrining yozishicha, DYHXXda to‘liq rasmiylashtirish 6 mln 31 ming 680 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi lokal yo‘l va 2000 o‘rinli avtoturargoh — Sergeli avtomobil bozori sxemasi qanday
Toshkentda Sergeli avtomobil bozori atrofidagi tirbandliklarni kamaytirish uchun Yangi Sergeli ko‘chasida harakatni tashkil etishning yangi sxemasi joriy qilinmoqda. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) xabar berdi.

Qamashida 3 yoshli bola bog‘cha mashinasida qolib ketib vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchi transport vositasida unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi.

Toshkent — Andijon va Toshkent — Termiz tezyurar poyezdlari qo‘yiladi
O‘zbekistonda Toshkent — Andijon va Toshkent — Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu masala Koreya Respublikasida Hyundai Rotem kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Andijonda 4 nafar poliklinika xodimi oqova suv bunkerida halok bo‘ldi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasa hududida 4 nafar texnik xodim oqova va chiqindi suvlar to‘planadigan bunkerni tozalash vaqtida vafot etdi.

Jizzaxdagi attraksionda yuz bergan hodisada 4 kishi jarohatlandi
Jizzax shahridagi «O‘rda» istirohat bog‘ida joylashgan attraksionda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizildi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

G‘alla maydonlarini yoqqanlar 4 million so‘mgacha jarimaga tortiladi
G‘alla maydonlarida somonpoya qoldiqlarini yoqqanlarga jarima qo‘llaniladi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi g‘alladan bo‘shagan maydonlarda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ogohlantirish berdi.