Yangiliklar

Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish asoslari belgilandi

2026-yil 10-iyunda 3854-son bilan
Kichik biznes uchun soliq chegarasi 5 milliard so‘mgacha oshirilishi mumkin
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish asoslari belgilandi / Foto: X

O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Konseptual asoslar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning maqsadini belgilaydi. Shuningdek, unda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning asosiy tamoyillari bayon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda o‘rinlilik hamda haqqoniy (ishonchli) taqdim etish fundamental sifat tavsiflari hisoblanadi. Qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, o‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilik esa ushbu sifatlarni ta’minlaydigan hamda ma’lumotlarning foydaliligini oshiradigan mezonlar sifatida belgilangan.

Shuningdek, hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy holatini aniqlash bilan bog‘liq moliyaviy hisobot elementlari sifatida aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital keltirilgan. Moliyaviy natijalarni aniqlash bilan bog‘liq elementlar esa daromad va xarajatlardan iborat ekani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fond birjasi va qimmatli qog‘ozlar bozorida yangi tartiblar joriy qilingan edi.