Yangiliklar

Xorazm va Dashog‘uz tadbirkorlari 3 mln dollarlik bitimlar imzoladi

Qurilish materiallari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, qog‘oz va karton, yengil sanoat tovarlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha
Xorazm va Dashog‘uz tadbirkorlari 3 mln dollarlik bitimlar imzoladi
Foto: «Dunyo» AA

Xorazm viloyati delegatsiyasi Turkmanistonning Dashog‘uz shahrida o‘tkazilgan qo‘shma biznes-forumda $3 mlnlik bitimlarga erishdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Tadbirda Xorazmdan 10 dan ortiq xususiy korxona va kompaniya vakillari qatnashdi. Forumda qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, logistika va savdo sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Forum doirasida ikki hudud ishbilarmonlari o‘rtasida «B2B» muzokaralar o‘tkazildi. Unda mahsulot yetkazib berish, dilerlik tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Natijada Turkmaniston bozoriga qurilish materiallari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, qog‘oz va karton, yengil sanoat tovarlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati $3 mlnlik eksport shartnomalari imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar holatiga O‘zbekiston bilan tovar va xizmatlar importida Turkmaniston 2 foiz ulushga ega bo‘lgan.