
13 – 15-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va pastqam joylarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Sel xavfi bor hududlar
| Viloyat | Hududlar |
|---|---|
| Qashqadaryo | Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor |
| Surxondaryo | Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot |
| Samarqand | Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon |
| Navoiy | Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana |
| Jizzax | Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod |
| Toshkent viloyati | Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren, Olmaliq |
| Namangan | Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on |
| Farg‘ona | So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq |
| Andijon | Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonobod |
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarga ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta davomida harorat 40 darajagacha borishi ma’lum qilingandi. Faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.