Banklar va moliya

Dollar yangi haftani pasayish bilan boshlaydi: 15-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m bo‘lgandi
Dollar yangi haftani pasayish bilan boshlaydi: 15-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

15-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Manba: Markaziy bank

5-iyun kuni esa 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mga yetdi. 8-iyun kuni 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni, 9-iyun kuni 36,04 so‘mga tushib, 12 013,40 so‘m 10-iyun kuni 21,82 so‘mga oshib, 12 035,22 so‘mni, 11-iyun kuni esa 13,81 so‘mga oshib, 12 054,03 so‘mni tashkil qildi. 12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 21,03 so‘mga oshib, 13 879,73 so‘mni, rubl esa 1,48 so‘mga tushib, 165,13 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.