Yangiliklar

Facebook va Instagram’da global nosozlik: kirishda muammolar uchramoqda

Muammolar akkauntga kirishda xatoliklar va tizimdan chiqib ketish bilan boshlangan
Instagram’da yangi pullik obuna paydo bo‘lishi mumkin
Facebook va Instagram’da global nosozlik: kirishda muammolar uchramoqda / Foto: Tech Crunch

Foydalanuvchilar Meta kompaniyasiga tegishli ilovalarga, jumladan, Facebook, Instagram va Threads’ga kirishda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar hamda nosozliklarni kuzatib boruvchi saytlarda xabar berildi.

Xabarlarga ko‘ra, muammolar akkauntga kirishda xatoliklar, tizimdan kutilmaganda chiqib ketish, xatolik xabarlari paydo bo‘lishi va sahifalarning noto‘g‘ri yuklanishi bilan boshlangan. Ayrim foydalanuvchilar esa ilovalarga na mobil versiyada, na brauzer orqali kira olayotganliklarini bildirgan.

Hozircha Meta kompaniyasi keng ko‘lamli nosozlikni rasman tasdiqlamagan. Bunday xizmatlarni monitoring qiluvchi platformalar, asosan, foydalanuvchilar xabarlariga tayanadi.

Nosozliklar haqida xabarlar AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Filippin kabi turli mamlakatlardan kelib tushgan. Ko‘plab foydalanuvchilar akkauntdan avtomatik chiqib ketganini va qayta kirishda xatoliklar yuz berganini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta SI xarajatlari uchun o‘nlab mlrd dollar jalb qilishi haqida xabar bergan edik.