Yangiliklar

Uzbekistan Airways Rossiya yo‘nalishlarida parvozlar sonini qisqartirdi

Aviatsiya yoqilg‘isi tanqislashayotgani va narxi oshayotgani sababli
Uzbekistan Airways Rossiya yo‘nalishlarida parvozlar sonini qisqartirdi / Foto: Vikipedia

Uzbekistan Airways Rossiya Federatsiyasi shaharlariga amalga oshirilayotgan parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritib, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar sonini qisqartirdi. Bu haqda aviakompaniya ma’lum qildi.

Aviatsiya yoqilg‘isi tanqisligi va uning narxi oshishi sababli O‘zbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni qisqartirilishi ma’lum qilindi. Ushbu omil parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘lmoqda.

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari uchun ikki imkoniyat taklif etiladi: marshrut bo‘yicha keyingi mavjud aviaqatnovlarga bepul qayta bronlash yoki chipta narxini 100 foiz jarimasiz qaytarish.

Pul mablag‘larini qaytarish chiptani xarid qilingan joyda amalga oshiriladi, agar chipta UzAirways saytida yoki mobil ilovada olingan bo‘lsa, murojaat offers@uzairways.com elektron manzili orqali yuborilishi kerak.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Qozon, Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Novosibirsk va Xabarovsk kabi shaharlariga, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar hali ham mavjud.

Yo‘lovchilar joriy parvozlar jadvali bilan uzairways.com rasmiy sayti yoki mobil ilova orqali tanishib borishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.