Sport

AQShda Angliya terma jamoasining buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Jahon chempionati boshlanishi arafasida yuz bergan o‘g‘irlik sababli jamoaning barcha mashg‘ulot anjomlari yo‘qotilgan
Rasm SI yordamida yaratilgan

Kanzas-Siti shahrida Jahon chempionati o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Angliya terma jamoasining ko‘plab sport anjomlari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan buyumlar orasida futbolchilarning butsalari, mashg‘ulot liboslari, murabbiylar shtabi anjomlari, to‘plar va o‘yin kuni kiyiladigan formalar bor. Voqea jamoaning anjomlari tushirilgan furgondan yo‘qolgani aniqlangach fosh bo‘lgan.

«Keyingi tergov harakatlari yakunlangunga qadar ikki nafar gumondor shaxs hibsga olindi», – dedi Kanzas-Siti politsiyasi.

Bosh murabbiy Tomas Tuxel rahbarligidagi Angliya terma jamoasi xodimlari mahalliy politsiya bilan hamkorlikda yo‘qotilgan jihozlarni qaytarish ustida ishlamoqda. Shuningdek, belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida davom ettirish uchun ularning o‘rnini zudlik bilan to‘ldirish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv nashri Mexikoda 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.