Yangiliklar

BMW yangi M Concept Neue Klasse elektromobilini taqdim etdi

Kelajak avlod modellariga asos bo‘luvchi ushbu konsept avtomobil hozircha sotuvga chiqarilmaydi
Foto: bmwusa.com

Germaniyaning BMW kompaniyasi yuqori unumdorlikka ega to‘liq elektrlashtirilgan BMW M Concept Neue Klasse avtomobilini ommaga namoyish etdi.

Foto: bmwusa.com

Konseptning asosiy g‘oyasi aerodinamika va funksionallikni birlashtirishga qaratilgan. Avtomobilning old qismida brendga xos «akulaburun» shakli qayta ishlangan bo‘lib, uch qismli bamper va sport uslubidagi sariq rangli faralar o‘rnatilgan. Shuningdek, havo qarshiligini kamaytirish maqsadida kapotda V shaklidagi havo qabul qilgich va avtosportdan ilhomlanib yaratilgan maxsus yon ko‘zgular qo‘llanilgan.

Foto: bmwusa.com
Foto: bmwusa.com

Salon qismi to‘liq haydovchiga moslashtirilgan bo‘lib, qizil rangli boshqaruv tugmalari va axborotni ortiqcha chalg‘itishlarsiz beruvchi qisqartirilgan raqamli displeylarni o‘z ichiga oladi. O‘rindiqlar qizil va ko‘k rangli tabiiy charmdan hamda ekologik toza tolalardan tayyorlangan.

Foto: bmwusa.com

«Yangi dizayn tili orqali biz Neue Klasse g‘oyasining eng yorqin talqinini taqdim etyapmiz», – dedi BMW dizayn bo‘limi rahbari Oliver Xaylmer.

Texnik jihatdan avtomobil old va orqa o‘qlarda joylashgan 4 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Barcha tortishish tizimlari markaziy kompyuter hamda M Dynamic Performance Control dasturi orqali boshqariladi, bu esa har bir g‘ildirakni alohida va aniq nazorat qilish imkonini beradi.

BMW M3 Electric 2027 M Concept Neue Klasse IS THIS THE FUTURE?!

Avvalroq Kursiv nashri BMW M2 avtomobili yangi versiyaga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edi.