
O‘zbekistonda 2025-yilda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi ayollar ulushi 68,4 foizga, erkaklar ulushi esa 72,2 foizga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jismoniy faollik ko‘rsatkichlari yil sayin o‘sib bormoqda. Ayollar o‘rtasida bu ko‘rsatkich 2021-yildagi 55,7 foizdan 2025-yilda 68,4 foizgacha oshgan.
Erkaklar o‘rtasida ham ijobiy o‘sish kuzatilgan. Xususan, 2021-yilda sport bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 66 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 72,2 foizni tashkil etgan. Sport bilan shug‘ullanuvchilar orasida erkaklar ulushi ayollarga nisbatan yuqoriroq darajada saqlanib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 ga yetgani haqida xabar bergan edi.