
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning partiyasi g‘alaba qozongani munosabati bilan qutlov yo‘lladi.
Tabrik matnida saylov natijalari arman xalqining Nikol Pashinyan yuritayotgan siyosatga bo‘lgan yuksak ishonchining ifodasi ekanligi ta’kidlangan. Xususan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar e’tirof etilgan. Shuningdek, davlat rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga ishonch bildirgan.
«Saylov natijalari arman xalqining siz yuritayotgan ichki va tashqi siyosatga, shu jumladan Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga bo‘lgan yuksak ishonchining amaliy ifodasidir», — deyiladi maktubda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Nikol Pashinyanning «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi 50 foizga yaqin ovoz to‘plagan. Natijada, partiya Milliy Assambleyadagi 105 ta o‘rindan 64 tasini qo‘lga kiritib, hukmron mavqeini saqlab qolgan.
Avvalroq Kursiv nashri Pashinyan jamoasi Armaniston parlament saylovlarida ustunlik qilgani haqida xabar bergan edi.