Yangiliklar

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan tezda o‘chirildi, barcha aholi xavfsiz evakuatsiya qilindi
Ekran tasviri

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binoning tashqi qismida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_6851.mp4

Yong‘in haqidagi xabar FVVga 13-iyun kuni soat 10:21 da kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga ikki daqiqada, soat 10:23 da yetib borgan. O‘t o‘chiruvchilar darhol ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishga kirishgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_3577.mp4

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. FVV qutqaruvchilari soat 11:00 da yong‘inni to‘liq qurshab olgan. 10 daqiqadan so‘ng, soat 11:10 da alanga butunlay o‘chirilgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘inning aniq sabablari va ko‘rilgan zararlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmadi.

Avvalroq Kursiv nashri g‘alla maydonlarini yoqqanlar 4 million so‘mgacha jarimaga tortilishi haqida xabar bergan edi.