Yangiliklar

Xalqimiz qandaydir darajada qo‘rqitilgan — Maryam Tillayeva

Maryam Tillayevaning O‘zbekiston xalqi haqidagi so‘zlari tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Maryam Tillayeva otasi bilan qanday yarashganini so‘zlab berdi
Foto: Instagram / @Mashatilly

O‘zbekistonning birinchi prezidenti nabirasi Maryam Tillayeva mahalliy bloging sohasi uning xatti-harakatlari tufayli o‘zgarayotganini va xalq «ma’lum darajada qo‘rqitilganini» ma’lum qildi.

Maryam Tillayevaning ta’kidlashicha, u mamlakatga qaytganidan so‘ng mahalliy internet tarmog‘idagi muhit erkinlashgan va chegaralar kengaygan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_8617.mp4

«O‘zbekistonda odamlar nimadir qilishdan, qandaydir ramkalardan chiqishdan juda qo‘rqishgan. Ehtimol, qandaydir ma’noda qo‘rqitilgandir. Agar xalqimiz qanday fikrlashi va boshqa ishlarga qaraydigan bo‘lsak, tarixan shunday bo‘lgan. Men O‘zbekistonga qaytib kelib, ushbu marjani oldinga surishni, qandaydir ramkalarni siljitishni boshlaganimda ko‘ryapmanki, hozirda ko‘plab bloger ayollar ikki yil oldingiga nisbatan o‘zlariga ko‘proq erkinlik bermoqda», — dedi u podkastlardan birida.

Ushbu so‘zlar jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Xususan, Nikita Makarenko ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida bu so‘zlarga nisbatan munosabat bildirdi.

«Masha Karimova — o‘zini-o‘zi malika deb e’lon qilgan O‘zbekistonning asosiy kulgisi. Ma’lum bo‘lishicha, xalqimiz «qo‘rqitilgan» ekan (oho, kim tomonidan ekan). U qaytib kelibdi va chegaralarni kengaytiribdi! Ya’ni aytish mumkinki, Renessans Uning Oliy Hukmdorligi tufayli amalga oshibdi», — deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.

Avvalroq Kursiv nashri Maryam Tillayeva minglab dollarga aldanib qolgani haqida xabar bergan edi.