Sport

«Nemis mashinasi»dan yirik g‘alaba. Germaniya Kyurasaoni ayab o‘tirmadi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining guruh bosqichida «nemis mashinasi» o‘zining butun kuchini ishga soldi va Kyurasao terma jamoasi ustidan 7:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv kutilganidek yevropaliklarning tezkor hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning 6-daqiqasidayoq Florian Virtsning ajoyib uzatmasidan so‘ng Feliks Nmecha hisobni ochib, nemislarni xotirjamlikka chorlagandek bo‘ldi.

Foto: FIFA.com

Biroq Kyurasao taslim bo‘lishni xohlamadi. 21-daqiqada kutilmagan qarshi hujum yuzaga keldi va Livano Komenensia Germaniya himoyachilarini xato qilishga majbur etib, muvozanatni tikladi – 1:1.

Germaniya terma jamoasi birinchi bo‘lim yakunigacha bosimga asoslangan o‘yinini namoyish etdi. 38-daqiqada Braun yetkazib bergan to‘pni Niko Shlotterbek darvozaga joylab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Foto: FIFA.com

Kyurasao futbolchilarining ruhiyatiga eng katta zarba esa bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda berildi. Belgilangan penaltini Kay Xaverts o‘ta sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ishonchli ko‘rinishga keltirdi – 3:1.

Foto: FIFA.com

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan intrigaga butunlay nuqta qo‘yildi. 47-daqiqada tajribali Joshua Kimmixning uzatmasidan so‘ng, Germaniyaning yosh iqtidori Jamol Musiala nemslarning to‘rtinchi golini kiritdi. 68-daqiqada Nataniel Braun hisobni yanada yiriklashtirdi.

Foto: FIFA.com

O‘yin yakuniga yaqin, aniqrog‘i 78 va 88-daqiqdalarda Undav va Xaverts o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Yakuniy hisob – 7:1.

Endi ushbu ishonchli g‘alabadan so‘ng Germaniya guruhning 2-turida Kot-d’Ivuar bilan haqiqiy jang o‘tkazadi. Kyurasao terma jamoasini esa navbatdagi turda Janubiy Amerikaning vakili Ekvadorga qarshi o‘ta og‘ir sinov kutib turibdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-14-21-35-47_encodedger1-1.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-14-22-07-51_encodedkyuras1.mp4

Avvalroq Kursiv nashri Turkiya JChni mag‘lubiyat bilan boshlagani haqida xabar bergan edi.