Yangiliklar

O‘zbekistonda hafta qanday yakunlandi

Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta mobaynida mahalliy va xorijiy maydonda yuz bergan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi
Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi

Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta mobaynida mahalliy va xorijiy maydonda yuz bergan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

«Panduslar» bo‘yicha ishlar hali to‘liq yakunlanmagan — Toshkent metropoliteni

Panduslar bo‘yicha ishlar hali to‘liq yakunlanmagan — Toshkent metropoliteni
Ekran tasviri Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteni metro bekatlarida o‘rnatilayotgan elektron ko‘targich (pandus)lar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, imkoniyati cheklangan shaxslar va keksalar uchun metro bekatlarining kirish-chiqish qismlariga zamonaviy elektron ko‘targich (pandus)lari o‘rnatilmoqda.

JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi

JSST xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi
Foto: Kursiv Media

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xavfli oziq-ovqat sabab yiliga 1,5 mln kishi vafot etishini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Tashkilotga ko‘ra, har yili dunyoda 860 mln nafardan ortiq odamlar sifatsiz yoki noto‘g‘ri qayta ishlangan mahsulotlar sabab kasallanadi. Bunday oziq-ovqatlar oqibatida yiliga 1,5 mln kishi vafot etadi.

Tramp Netanyahuni Eronga zarba bermaslikka chaqirdi

Tramp Netanyahuni Eronga zarba bermaslikka chaqirdi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga Eronga javob zarbasi bermaslikni aytdi. Axios nashriga ko‘ra, Tramp yakshanba kuni Netanyahu bilan telefon orqali gaplashgan. U Isroil rahbaridan diplomatiyaga ko‘proq vaqt berishni so‘ragan.

Manbalarga ko‘ra, Tramp Eronning raketa hujumidan keyin Isroil javob qaytarmasligi kerakligini bildirgan. Tehron bu hujumni yakshanba kuni Bayrutdagi Isroil zarbasiga javob deb atagan.

Denovda gashish sotmoqchi bo‘lgan yigit 10 yilga qamaldi

Denovda gashish sotmoqchi bo‘lgan yigit 10 yilga qamaldi
Videodan ekran tasviri

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida giyohvandlik vositasi (gashish)ni sotishga uringan 24 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, yigit avval bir marta bezorilik uchun sudlangan. Yana ikki marta giyohvandlik va psixotrop moddalarni qonunga xilof muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi

Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi
Foto: Chevrolet

General Motors Braziliyada Chevrolet Onix 2027 model qatorini kengaytirdi. Yangilangan qatorga Log, Pro, Eco va Activ versiyalari qo‘shildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Bu Chevrolet’ning Braziliyadagi eng ommabop modeli uchun muhim yangilanishlardan biri bo‘ldi. Endi Onix xetchbek kuzovida jami to‘qqizta, sedan kuzovida esa beshta komplektatsiyada taklif etiladi.

O‘zbekiston Niderlandiyaga dramatik bahsda imkoniyatni boy berdi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga 1:2 hisobida yutqazdiFabio Kannavaro shogirdlari 90+2-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo yakunda durangni saqlab qola olmadi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan Niderlandiya terma jamoasi faolroq o‘ynadi. Mezbonlar to‘p nazoratida ustunlik qildi va O‘tkir Yusupov darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyat yaratdi.

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekistonda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi obyektlarda parallel qurilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu prezidentning tegishli farmonida belgilandi.

Parallel qurilish deganda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bir vaqtda olib borish tushuniladi. Yangi tartibga ko‘ra, bunday amaliyot o‘rniga bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Raqobat qo‘mitasi JCh – 2026 oldidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi JCh 2026 oldidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Foto: iStock

Raqobat qo‘mitasi JCh – 2026 oldidan bukmekorlik xizmatlarini reklama qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram’dagi guruh va kanallarda bunday reklama materiallari ko‘paymoqda. Ularda sport natijalariga pul tikish, qisqa muddatda daromad topish yoki yirik yutuq va’da qilinmoqda.

O‘zbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari emissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakat tarixidagi ilk ipoteka obligatsiyalari emissiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Emissiyaning umumiy hajmi 40,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Mazkur emissiya prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirishga oid farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Obligatsiyalar «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida chiqarilgan bo‘lib, ularning emissiyasi va muomalasi tegishli vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq tashkil qilindi.

AQSh Eronni ketma-ket ikkinchi kecha bombardimon qildi
Foto: Getty Images

AQSh Eronni ketma-ket ikkinchi kecha bombardimon qildi

AQSH harbiylari Erondagi bir nechta nishonlarga ikkinchi oqshom ketma-ket zarba berdi. Amerika rasmiylariga ko‘ra, harbiy amaliyotdan maqsad Tehronni kelishuv imzolashga majbur qilishdir, deya xabar bermoqda Axios.

JCh-2026 o‘yinlariga chipta olish uchun arizalar qabul qilina boshlandi
JCh – 2026 o‘yinlariga chipta olish uchun arizalar qabul qilina boshlandi / Foto: WKOW

Jahon chempionatiga borayotgan oʻzbekistonliklarga tavsiyalar berildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga muhim tavsiyalar berdi.

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi

O‘zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi yana oshdi. Autostrada nashrining yozishicha, DYHXXda to‘liq rasmiylashtirish 6 mln 31 ming 680 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi lokal yo‘l va 2000 o‘rinli avtoturargoh — Sergeli avtomobil bozori sxemasi qanday
Sergeli avtomobil bozori / videodan ekran tasviri

Yangi lokal yo‘l va 2000 o‘rinli avtoturargoh — Sergeli avtomobil bozori sxemasi qanday

Toshkentda Sergeli avtomobil bozori atrofidagi tirbandliklarni kamaytirish uchun Yangi Sergeli ko‘chasida harakatni tashkil etishning yangi sxemasi joriy qilinmoqda. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) xabar berdi.

O‘zbekistonda ish tashlash tartibi belgilandi: kimlar qatnasha olmaydi va qanday javobgarlik bor

O‘zbekistonda jamoaviy mehnat nizolarini hal qilish va ish tashlashlarni tashkil etish tartibini belgilovchi yangi normalar qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ish tashlash uchun asoslar

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–1150-son, 2026-yil 11-iyun) bilan Mehnat kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, agar yarashtirish taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal etishning iloji bo‘lmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Qo‘pol qoidabuzarlar avtomobildan vaqtincha ayrilishi mumkin — yangi takliflar

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi takliflar ishlab chiqildi. Bu haqda YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov ma’lum qildi.

Takliflarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarining besh turdagi qo‘pol buzilishi uchun ma’muriy jazo sifatida transport vositasini vaqtincha olib qo‘yish chorasi joriy etilishi mumkin.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Ekran tasviri

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binoning tashqi qismida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi. Yong‘in haqidagi xabar FVVga 13-iyun kuni soat 10:21 da kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga ikki daqiqada, soat 10:23 da yetib borgan. O‘t o‘chiruvchilar darhol ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishga kirishgan.

AQSh Paragvay ustidan yirik g‘alabaga erishib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Foto: FIFA.com

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi 1-turi doirasida AQSh hamda Paragvay terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda amerikaliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin kutilmaganda Paragvay terma jamoasi uchun omadsiz ssenariy asosida boshlandi. Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq paragvayliklar vakili Damyan Bobadilya o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisob ochildi.

Shundan so‘ng ustunlikni o‘z qo‘liga olgan AQSh futbolchilari hujumkorlikni oshirdi. Natijada 31-daqiqada Folarin Balogun hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada u o‘zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini kiritib, dubl qayd etdi. 73-daqiqada Paragvay hisobni qisqartirdi. Tezkor qarshi hujumni Mauritsio golga aylantirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Jovanni Reyna o‘yinga nuqta qo‘ydi, yakuniy hisob – 4:1.

Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vazirini tabrikladi

Foto: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning partiyasi g‘alaba qozongani munosabati bilan qutlov yo‘lladi.

Tabrik matnida saylov natijalari arman xalqining Nikol Pashinyan yuritayotgan siyosatga bo‘lgan yuksak ishonchining ifodasi ekanligi ta’kidlangan. Xususan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar e’tirof etilgan. Shuningdek, davlat rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga ishonch bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin nomiga tabrik maktubi yo‘llab, uni hamda Rossiya xalqini milliy bayram — Rossiya kuni bilan qutladi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida ushbu sana rus xalqining boy tarixiy va ma’naviy merosini, shuningdek, mamlakatning taraqqiyot hamda yuksalish yo‘lidagi intilishlarini o‘zida mujassam etishini ta’kidladi.

6-avgustdan bankomatdagi nosozliklar uchun banklarga jarima qo‘llanadi

Markaziy bank 2026-yil 6-avgustdan boshlab bankomatlar faoliyatidagi uzilishlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar uchun banklarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Senat yalpi majlisida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yilda bankomatlar bilan bog‘liq 290 mingdan ortiq muammoli holatlar qayd etilgan. Ularga naqd pul berilmasligi, kartalarning bankomatda qolib ketishi va boshqa texnik nosozliklar kiradi. Ayrim murojaatlar uzoq muddat davomida hal etilmagan, minglab fuqarolar esa masalani hal qilish uchun ichki ishlar organlariga murojaat etishga majbur bo‘lgan.

Toshkentda 16 – 18-iyun kunlari ayrim ko‘chalar yopilib, yuk mashinalari kirishi taqiqlanadi

16 – 18-iyun kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning forum tadbirlari bo‘lib o‘tadigan hududlariga tutash ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma’lum qildi.