
«O‘zgidromet» 16 – 19-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
| Viloyat | Sel xavfi bor hududlar |
|---|---|
| Qashqadaryo | Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor |
| Surxondaryo | Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot |
| Samarqand | Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon |
| Navoiy | Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana |
| Jizzax | Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod |
| Toshkent viloyati | Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren, Olmaliq |
| Namangan | Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on |
| Farg‘ona | So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq |
| Andijon | Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonobod |
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi xabar qilingandi.