Yangiliklar

Dollar tushdi: 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

15-iyun kuni esa 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi
Dollar tushdi: 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

16-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

8-iyun kuni 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni, 9-iyun kuni 36,04 so‘mga tushib, 12 013,40 so‘m 10-iyun kuni 21,82 so‘mga oshib, 12 035,22 so‘mni, 11-iyun kuni esa 13,81 so‘mga oshib, 12 054,03 so‘mni tashkil qildi. 12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m, 15-iyun kuni esa 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,26 so‘mga oshib, 13 904,99 so‘mni, rubl esa 0,14 so‘mga tushib, 164,99 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.