Yangiliklar

Mehmonxonalarga «yashil» sertifikat xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Mehmonxona sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilmagan bo‘lishi kerak
Buxgalterlarning xalqaro sertifikat imtihonlariga ketgan xarajatlar qoplab beriladi
Mehmonxonalarga «yashil» sertifikat xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Endilikda mehmonxonalarning xalqaro e’tirof etilgan «yashil» sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarning yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hukumatning 2026-yil 13-iyundagi 312-son qarori bilan «Mehmonxonalarda xalqaro e’tirof etilgan “yashil» sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini qoplash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, xarajatlarni qoplash uchun murojaat qiluvchi mehmonxona Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikka ega bo‘lmasligi, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi, faoliyati vaqtincha to‘xtatilmagan bo‘lishi hamda sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilmagan bo‘lishi kerak.

Talabgor xarajatlarni qoplash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qiladi. Arizaga «yashil» sertifikat nusxasi, ikki tomonlama shartnoma hamda to‘lov topshiriqnomasi nusxalari ilova qilinadi.

Turizm qo‘mitasi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Xarajatlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mablag‘lar 10 ish kuni ichida talabgorning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliy cholg‘u asboblari xaridining 30 foizini davlat qoplab berilishi haqida xabar bergan edik.