Yangiliklar

Xorijiy diplomlarni tan olish testi boshqa sanaga ko‘chirildi

2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirildi
O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi
Foto: Facebook / Sun’iy intellekt

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2026-yil 18-iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ishlari hajmining ortgani hamda murojaatlar soni ko‘paygani sababli iyun oyi grafigiga o‘zgartirish kiritilgan.

Unga ko‘ra, 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan test sinovlari 2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirildi.

Mazkur testda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2026-yil 19-iyunga qadar xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha qayta ariza topshirishlari mumkin.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar, boshlanish vaqti hamda boshqa tashkiliy ma’lumotlar keyinchalik qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda bitiruvchilarning 8 mingdan ortiq biznes loyihalari moliyalashtiriladi. Shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini kuchaytirish maqsadida barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini rivojlantirish, mehnat yarmarkalari va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar sonini oshirish rejalashtirilgan.