Yangiliklar

Eski shahardagi davlat mulki 68 mlrd so‘mdan auksionga qo‘yildi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi
Eski shahardagi davlat mulki 68 mlrd so‘mdan auksionga qo‘yildi
Foto: E-auksion

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan davlat mulkini elektron auksion orqali sotuvga chiqardi. Bu haqda E-auksion saytida ma’lum qilindi.

Ushbu bino Chorsu bozori va «Jar» sport majmuasi yaqinida joylashgan, hozirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyat yuritayotgan bino hisoblanadi.

Lot tarkibiga umumiy maydoni 5155 kvadrat metr bo‘lgan bino hamda 0,54 gektar yer uchastkasi kiritilgan. Obyektda suv, gaz va elektr ta’minoti mavjud.

Mazkur davlat aktivining boshlang‘ich narxi 68,19 mlrd so‘m etib belgilangan. Savdolar 25-iyun kuni elektron auksion shaklida o‘tkaziladi.

Obyekt prezidentning davlat mulkini xususiylashtirish dasturi doirasida sotuvga chiqarilgan. Xaridor binoni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi yangi manzilga ko‘chib o‘tgandan so‘ng qabul qilib oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzSungwoo’ning davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotilgani haqida yozgandi.