Yangiliklar

Hindistonda NEET imtihoni davrida Telegram’ga vaqtincha cheklab qo‘yildi

22-iyungacha
Taqiqlangan materiallarni oson tekshirish uchun Telegram bot ishga tushirildi
Foto: Dima Solomin / Unsplash

Hindiston hukumati tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan milliy imtihon – NEET davrida Telegram messenjeriga kirishni vaqtincha chekladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, cheklov 22-iyungacha amal qiladi. Qaror imtihon jarayonida firibgarlik va test savollari sizib chiqishi bilan bog‘liq holatlarni tekshirish doirasida qabul qilingan. Ta’lim vazirligi platforma orqali ayrim uyushgan guruhlar abituriyentlarga noqonuniy yordam ko‘rsatishga uringani haqida ma’lum qilgan.

NEET imtihoni so‘nggi vaqtlarda savollar tarqalib ketishi sababli katta muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shu bois hukumat imtihon jarayonini himoya qilish va yangi qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida vaqtinchalik cheklov joriy etgan.

Rasmiylar bu chorani oxirgi chora sifatida baholab, platforma tomonidan noqonuniy kontentni to‘liq bartaraf etish imkoni bo‘lmagani bilan izohladi. Shuningdek, cheklovlar tugagach messenjer yana to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Hindiston tomoni ushbu qaror foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkinligini tan olgan holda, asosiy maqsad imtihon jarayonining shaffofligini ta’minlash ekanini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram sovrin jamg‘armasi 200 ming dollar bo‘lgan tanlov e’lon qilgani haqida yozgandi.