Yangiliklar

O‘zbekistonlik hakamlar Shotlandiya — Marokash o‘yinini boshqaradi

20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da
O‘zbekistonlik hakamlar Shotlandiya — Marokash o‘yinini boshqaradi / Foto: UPFL

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqaradi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Musobaqaning navbatdagi o‘yinlaridan biri FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi. Ular 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqarib boradi.

Foto: O‘FA

Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari sifatida Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Bu tayinlov o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi uchun jahon chempionatidagi ilk uchrashuv hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddin Masharipov tibbiy sabablarga ko‘ra Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi va uning o‘rniga yakuniy ro‘yxatga Ruslanbek Jiyanov kiritilgani haqida yozgan edik.