Sport

Belgiya Lukakuning harakatlari evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Belgiya hamda Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng Emam Ashur Belgiya darvozasini ishg‘ol qilib, Misrni oldinga olib chiqdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-15-23-50-29_encoded.mp4

Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa misrlik himoyachi Muhammad Xani to‘pni o‘z darvozasiga burib yuborishi oqibatida o‘yinda muvozanat tiklandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-16-00-20-12_encoded.mp4

Ma’lumot uchun, Belgiya 21-iyun kuni Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Misr esa 22-iyun kuni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Avvalroq Kursiv nashri Ispaniya Kabo Verde darvozasiga yo‘l topa olmagani haqida xabar bergan edi.