Sport

Urugvay Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Saudiya Arabistoni hamda Urugvay 1:1 hisobida durang o‘ynadi. «H» guruhidagi bahsda ikkala jamoa bir ochkodan bo‘lishib oldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-16-02-46-56_encoded.mp4

Uchrashuvning 41-daqiqasida saudiya arabistonlik himoyachi Abdulloh Al-Amri raqib darvozasini nishonga olib, hisobni ochdi. Al-Amri ushbu vaziyatdan biroz o‘tib, 44-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-16-03-44-42_encoded.mp4

Urugvay terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 80-daqiqada Maksimiliano Arauxo kiritgan gol uchrashuvning 1:1 hisobida yakunlanishini ta’minladi. Ikkala jamoaning keyingi urinishlari natija bermadi.

«H» guruhi ishtirokchilari 2-tur uchrashuvlarini 21-iyun kuni o‘tkazadi. Unda Saudiya Arabistoni Yevropa chempioni Ispaniyaga qarshi maydonga tushsa, Urugvay Kabo-Verde bilan bahs olib boradi.

Avvalroq Kursiv nashri Belgiya Lukakuning harakatlari evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgani haqida xabar bergan edi.