Yangiliklar

Amazon’ning sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonga kirib keladi

UZ-SAT korxonasi hamkorligida
Amazon’ning sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonga kirib keladi
Foto: Amazon News

O‘zbekistonda AQShning Amazon Leo kompaniyasi va UZ-SAT korxonasi hamkorligida sun’iy yo‘ldosh orqali internet xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur loyiha mamlakatning chekka va infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashga qaratilgan. Natijada an’anaviy aloqa tarmoqlari yetib bormagan aholi punktlarida ham internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Amazon Leo tizimi minglab past orbital sun’iy yo‘ldoshlardan tashkil topgan bo‘lib, ular zamonaviy aloqa texnologiyalari orqali o‘zaro bog‘langan. Tarmoq yerusti stansiyalari va optik aloqa infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi.

Foydalanuvchilar maxsus terminallar yordamida xizmatga ulanadi. Loyiha ishga tushirilgach, O‘zbekistonning istalgan hududida barqaror va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda Starlink interneti rasman ishga tushgani haqida yozgandi.