Gadjetlar

Apple kamerali AirPods ustida ishlamoqda: endi Siri atrofni «ko‘ra» oladi

Funksiya Visual Intelligence texnologiyasi asosida ishlaydi
Apple kamerali AirPods ustida ishlamoqda: endi Siri atrofni «ko‘ra» oladi / Foto: SI yordamida yasaldi

Apple kompaniyasi kameralar o‘rnatilgan AirPods quloqchinlarini tayyorlamoqda. Qurilma kelgusi yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

AirPods ichiga o‘rnatiladigan kameralar surat yoki video olish uchun mo‘ljallanmagan. Ular sun’iy intellekt sensorlari sifatida ishlaydi va Siri ovozli yordamchisiga atrof-muhitni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Bu orqali foydalanuvchi Siri’ga o‘z oldida nimalar borligi haqida savollar bera oladi. Masalan, mavjud mahsulotlardan qanday taom tayyorlash mumkinligini so‘rashi mumkin. Taxmin qilinishicha, bu funksiya tasvirni tahlil qilib, ma’lumot beradigan Visual Intelligence texnologiyasi asosida ishlaydi.

Yangi AirPods yangilangan buklanadigan iPhone’ning ikkinchi avlodi va yubiley iPhone bilan bir vaqtda taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq Apple hozircha bu ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.

Dastlab qurilma 2026-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo Apple’ning sun’iy intellekt dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch kelgani va kompyuter ko‘rish modellari ustida qo‘shimcha ishlash zarurati tufayli muddat kechiktirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple App Store uchun shaxsiy tavsiyalar tizimini taqdim etgan edi.