Yangiliklar

AQSh–O‘zbekiston qo‘shma investitsiya platformasi ishga tushirildi

AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda
AQSh–O‘zbekiston qo‘shma investitsiya platformasi ishga tushirildi
Foto: prezident.uz

16-iyun kuni AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (U.S. International Development Finance Corporation) O‘zbekiston bilan hamkorlikda yangi qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirdi. Bu haqda korporatsiyaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Loyihaning rasmiy taqdimoti Toshkentda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda Ben Black, John Jovanovic, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ijrochi direktori Shuxrat Vafoyev qatnashdi.

Unga ko‘ra, yangi platforma O‘zbekistonda ustuvor investitsiya yo‘nalishlarini aniqlash va ularni xalqaro kapital hisobidan amalga oshirish imkonini beradi. Asosiy e’tibor energetika, infratuzilma, muhim minerallar, transport va logistika, ilg‘or ishlab chiqarish hamda raqamli texnologiyalar va farmatsevtika sohalariga qaratiladi.

Shuningdek, loyiha xususiy investitsiyalarni jalb qilish, suveren fondlar va xalqaro moliya institutlari ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent arbitraji xalqaro biznes uchun $2 mlrdlik ishonch maydoniga aylangani haqida yozgandi.