
17-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
11-iyun kuni 13,81 so‘mga oshib, 12 054,03 so‘mni tashkil etdi. 12-iyun kuni 39,55 so‘mga tushib, 12 014,48 so‘m, 15-iyun kuni 32,67 so‘mga tushib, 11 981,81 so‘m bo‘ldi. 16-iyun kuni 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni, 17-iyun kuni esa 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 49,94 so‘mga oshib, 13 985,20 so‘mni, rubl esa 0,82 so‘mga tushib, 166,12 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.