Gadjetlar

Sharp oziq-ovqatni kiritmasdan kaloriyani hisoblaydigan aqlli soatni taqdim etdi

Yangi aqlli soat Yaponiyada 9-iyuldan sotuvga chiqariladi
Sharp oziq-ovqatni kiritmasdan kaloriyani hisoblaydigan aqlli soatni taqdim etdi
Foto: Sharp

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi ilk aqlli soati Karada Mate Watch modelini taqdim etdi. Bu haqda Lifehaker nashri xabar berdi.

Qurilmaning asosiy xususiyati iste’mol qilingan kaloriyalarni foydalanuvchi ma’lumot kiritmasdan avtomatik hisoblay olishi bilan ajralib turadi.

Foto: Sharp

Soat bioelektrik impedans sensori va Healbe kompaniyasi ishlab chiqqan Flow texnologiyasi yordamida organizmdagi suyuqlik hamda glyukoza o‘zgarishlarini tahlil etadi. Shu asosda iste’mol qilingan kaloriyalar miqdori aniqlanib, sarflangan energiya bilan taqqoslanadi.

Qurilma, shuningdek, organizmdagi suv miqdorini kuzatadi va suvsizlanish xavfi paydo bo‘lganda tovush yoki vibratsiya orqali ogohlantiradi. Yana bir qiziqarli funksiyasi – Circuit View rejimi bo‘lib, ekran kunning vaqtiga qarab turli ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Karada Mate Watch 1,32 dyuymli OLED displey, teri harorati va qondagi kislorod darajasini o‘lchash sensorlari, Bluetooth 5.4, 5 ATM suvga chidamlilik hamda IP6X changdan himoya standartlariga ega. Qurilma Android va iOS bilan mos ishlaydi.

Yangi aqlli soat Yaponiyada 9-iyuldan sotuvga chiqariladi. Uning narxi 59 400 iyena (taxminan $410) etib belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X Fold 6 smartfoni taqdimotdan oldin namoyish etilgani haqida yozgandi.