Yangiliklar

Mirziyoyev va Shtaynmayer Volkswagen avtomobillarini yig‘ish loyihasiga start berdi

O‘zbekiston va Germaniya qator loyihalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston va Germaniya qator loyihalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer muzokaralar yakunida Toshkent shahrida Volkswagen avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish loyihasiga rasman start berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat yetakchilari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan hamda yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillarini samimiy qutladi.

Foto: President.uz

Moliyaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar

Muzokaralar doirasida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda shaharlarni barqaror rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun grant mablag‘lari ajratish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Foto: President.uz

Qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalari

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida qator investitsiya va ta’lim loyihalarini amalga oshirish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrida Volkswagen avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarish, temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish loyihalariga start berildi.

Foto: President.uz

Iqtisodiy hamkorlik

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, ular O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari qanday masalalarni muhokama qilgani haqida yozgan edik.