Sport

Abbosbek Fayzullayev JCh rekordini yangiladi

Abbosbek Fayzullayev JCH rekordini yangiladi
Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev JCh-2026 guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda rekord natija qayd etdi.

Fayzullayev Kolumbiya darvozasini 60-daqiqada ishg‘ol qildi. Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, u XXI asrda jahon chempionatida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchiga aylandi. Futbolchining bo‘yi 167 smni tashkil qiladi.

Avval bu boradagi rekord Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjian de Arraskaetaga tegishli edi. Uning bo‘yi 173 sm.

Foto: O‘FA

Abbosbek Fayzullayev futbolchilik faoliyatini Toshkentning «Paxtakor» klubida boshlagan. 2023-yil avgustida Fayzullayev Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2025-yil iyulida Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tdi.

Transfer summasi 7,5 mln yevroni tashkil etdi, futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida Konferensiyalar ligasi saralashida debyut qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi o‘yinda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 23-iyun kuni Hyustonda Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Kolumbiya esa shu kuni Meksikaning Sapopan shahrida Kongo bilan bahs olib boradi.

JCH-2026 AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.