Avto

Chevrolet avtomobili cho‘lda sinalmoqda — foto

Chevrolet avtomobili cho‘lda sinalmoqda
Manba: Chevrolet

General Motors (GM) kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Chevrolet Silverado 1500 pikapi cho‘lda sinovdan o‘takzilmoqda. Bu haqda GMAutority nashri xabar berdi.

GM’ning to‘liq o‘lchamli yuk avtomobillari va SUV modellari bo‘yicha ijrochi bosh muhandisi Mark Dickensning aytishicha, kompaniya yangi Silverado arxitekturasini mavjud avtomobil kuzovi ostiga yashirgan holda sinagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shassi sahro sharoitida qariyb 1000 mil masofani bosib o‘tgan.

Foto: Chevrolet

Sahro poygalari avtomobil uchun eng og‘ir sinovlardan biri hisoblanadi. Yuqori harorat, kuchli tebranish, notekis yo‘llar va qattiq zarbalar mashinaning zaif joylarini tezda ko‘rsatib beradi. GM aynan shunday sharoitda yangi Silverado’ning chidamliligi va ishonchliligini tekshirmoqda.

Bu yondashuv ayniqsa Silverado ZR2 kabi yo‘ltanlamas versiyalar uchun muhim. Ushbu model zavoddan 35 dyuymli loyqa yo‘llarga mo‘ljallangan shinalar, Multimatic DSSV amortizatorlari, zarbani nazorat qilish tizimi va 2 dyuymga ko‘tarilgan osma bilan chiqadi. Trail Boss versiyasi ham 2 dyuymli lift va 34 dyuymli off-road shinalariga ega bo‘ladi.

Foto: Chevrolet

Yangi Silverado kapoti ostida esa keyingi avlod Small Block V8 dvigatellari paydo bo‘ladi. Jumladan, yangi 5,7 litrli va 6,6 litrli V8 motorlari avvalgi 5,3 litrli va 6,2 litrli V8 dvigatellar o‘rnini egallaydi.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilingani haqida yozgan edi.